7 Sentyabr 2025 yil 475

Surxondaryo viloyati IIB sohaviy xizmat xodimlari muzeyga sayohat qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”sht qarori hamda 2–8-sentabr yurtimizda “Muzeylar haftaligi” munosabati bilan joriy yilning 6-sentabr kuni Surxondaryo viloyati IIB sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida Termiz shahridagi “Arxeologiya muzeyi”ga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida xodimlar muzey mutaxassislari hamrohligida qadimiy tariximizni o‘zida mujassam etgan boy eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Har bir ashyoda yurtimizning ko‘hna sivilizatsiyasi, ajdodlarimizning bebaho merosi, xalqimizning ma’naviyati va ilm-fan taraqqiyotidan dalolat beruvchi qadriyatlar mujassam ekanligi ta’kidlandi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarning bilim doirasini kengaytiribgina qolmay, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, buyuk tariximizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish bilan birga ularda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Text to speech