29 Sentyabr 2024 yil 208

Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati hamda IIV mas’ullari tomonidan Termiz shahrida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiriga jalb qilingan xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yo‘riqnomada viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bahtiyor Inoqov hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV mas’ullari ishtirok etib, yo‘riqnomaga jalb qilingan viloyat IIB sohaviy xizmatlari, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va jamoatchilik vakillariga hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, aholini bugunidan rozi qilish, huquq-tartibot idoralari tomonidan jamoatchilik bilan hamjihat bo‘lib hamkorlikda tizimli ishlarni olib borilishi, har bir xodim o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, qasamyodiga sodiq qolgan holda bajarishi uqtirildi.

Shuningdek, shahar hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ijobiy tajribalari «qizil» toifaga tushgan mahallalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil etilishi, jinoyatlarning aksariyati tungi vaqtlarda sodir etilishi hisobga olinib, huquq-tartibot idoralari xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarga tungi navbatchilikka jalb etilgan zarur kuch va vositalar taqsimlanib, muammolar mahallalarni o‘zida yechishga alohida e’tibor qaratilishi tushuntirilib, tungi xizmatga jalb qilinganlar xizmatni o‘tash uchun xizmat joylariga yuborildi.

Tungi vaqtda shahar hududida huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish, hisobda turgan shaxslar, notinch oilalar hamda uyushmagan yoshlar bilan «xonadonbay» va «fuqarobay» ishlarni tashkil etish hamda jinoyatlarning kelib chiqish sabab va omillarini tizimli ravishda aniqlash, aholi zich joylashgan ko‘p qavatli uylar kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalar, “102” Huquq tartibot maskanlari, fuqarolar ko‘p to‘planadigan jamoat joylari va boshqa Ichki ishlar bo‘linmalarida tungi xizmatni tashkil etish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar hushyorlik bilan tizimli ravishda amalga oshirish choralari ko‘rildi.

Text to speech