4 Yanvar 2025 yil 339

Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati hamda mas’ullari tomonidan Termiz shahrida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiriga jalb qilingan xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yo‘riqnomada viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bahtiyor Inoqov hamda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Uchqun Yakubovlar ishtirok etib, yo‘riqnomaga jalb qilingan viloyat IIB sohaviy xizmatlari, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va jamoatchilik vakillariga hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, aholini bugunidan rozi qilish, huquq-tartibot idoralari tomonidan jamoatchilik bilan hamjihat bo‘lib hamkorlikda tizimli ishlarni olib borilishi, har bir xodim o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, qasamyodiga sodiq qolgan holda bajarishi uqtirildi.

Shuningdek, shahar hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ijobiy tajribalari «qizil» toifaga tushgan mahallalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil etilishi, jinoyatlarning aksariyati tungi vaqtlarda sodir etilishi hisobga olinib, huquq-tartibot idoralari xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarga tungi navbatchilikka jalb etilgan zarur kuch va vositalar taqsimlanib, muammolar mahallalarni o‘zida yechishga alohida e’tibor qaratilishi tushuntirilib, tungi xizmatga jalb qilinganlar xizmatni o‘tash uchun xizmat joylariga yuborildi.

Text to speech