Surxondaryo viloyati IIB navbatchilik qismi xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati
IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Jismoniy va jangovar
tayyorgarlik bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
2024-yil 27-yanvar kunidagi 31-son farmoyishi va Surxondaryo viloyati IIBning
2024-yil 25-fevral kunidagi 43-son buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash maqsadida,
viloyat ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilayotgan, Tashkiliy boshqarma navbatchilik
qismlari, “102 xizmati” hamda ma’muriy binolarni qo‘riqlash xizmati xodimlarining
kasbiy malakasini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, xizmat va jangovar tayyorgarligini
oshirish maqsadida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari
o‘tkazildi.
Dastlab, xodimlar
bilan, saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazilib, tashvish qoplari
me’yoriy buyruq talablari asosida jamlanganligi tekshirildi.
Xodimlarning jangovar
qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, uning taktik xususiyatlari bo‘yicha
mutaxassis xodimlar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazilib, sinovlar qabul qilindi
hamda amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston
Respublikasi IIVning 2024-yil 20-fevral kunidagi 60-sonli hamda viloyat Ichki ishlar
boshqarmasining 2024-yil 28-fevral kunidagi 18-son farmoyishlariga asosan xodimlaridan
“Jismoniy tayyorgarlik” bo‘yicha oraliq nazorat sinovi imtihonlari qabul
qilindi.
Xodimlar to‘sinda tortilish, 100 metr va 3 km masofaga
yugurish hamda qo‘l janggi mashqlarini bajarishdi.