Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning joylardagi tizimlari tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Xurshid Atanazarov huzurida viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda quyi tizimlari tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, viloyat IIB Migratsiya
va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Husniddin Xallievning hisoboti tinglandi.
Tadbirda amalga oshirilgan ishlar
bilan birga yo‘l qo‘yilgan xatova kamchiliklarga joriy yilda yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarga
davlat xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, X.Atanazarov va IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi mas’ullari tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish zarurligi uqtirildi.