Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning joylardagi tizimlari tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Joriy yilning 20-yanvar kuni Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik B.M.Xidirov xuzurida viloyati IIB M va FRB
hamda uning joylardagi tizimlari
tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar
muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Yig‘ilishda IIB M va FRB boshlig‘i,
mayor Xusniddin Xallievning xisoboti eshitildi.
Tadbirda amalga oshirilgan ishlar
bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga joriy yilda yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarga
davlat xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Shundan so‘ng viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
B.M.Xidirov va IIV shaxsiy
xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi mutasaddilari tomonidan
xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash, salbiy holatlarga
yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish zarurligi uqtirildi.
Yakunda ijobiy natijalarga erishgan bir guruh xodimlar
viloyat IIB tomonidan munosib taqdirlandi.