Surxondaryo viloyati IIB mas’ullari tomonidan IIV Akademiyasi 1- va 2-o‘quv kurslarida taxsil olayotgan kunduzgi ta’lim kursantlar bilan onlayn mahorat darsi o‘tkazildi
Joriy yilning 18 aprel kuni Surxondaryo
viloyati IIBda IIV Akademiyasi 1- va
2-o‘quv kurslarida taxsil olayotgan kunduzgi ta’lim kursantlar bilan onlayn mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan onlayn mahorat darsida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari
podpolkovnik Sh.F.Shadiev, boshqarma JXX Huquqbuzarliklar boshqarmasi boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.P.Xudoyberiev
va boshqarma Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik S.P.Rashidov,
IIV Akademiyasi boshlig‘ining maslahatchisi polkovnik I.I.Ximmatov, IIV Akademiyasi
magistraturasi tinglovchilari va kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok etishdi.
IIV Akademiyasi boshlig‘i
tomonidan tasdiqlangan taqsimot jadvaliga asosan Hududiy ichki ishlar organlari
boshliqlari tomonidan IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, magistratura tinglovchilari
va kunduzgi ta’lim kursantlari bilan 2024 yilning aprel oyida o‘tkaziladigan onlayn
mahorat darslarining mavzulariga asosan;
- Hududlarni “Qizil”,
“Sariq” va “Yashil” toifalarga ajratish tartibi, ushbu mexanizmning jinoyatlarni
jilovlashdagi ahamiyati (ushbu toifadagi mahallalarning tumanlar kesimidagi statistik
ma’lumotlar asosida tushuntirishlar berildi).
- Jinoyat va huquqbuzarlik
sodir etishga gumon qilingan shaxslarni ushlab turish tartibi, ularni ushlab turishda
yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va natijada xodimlarga nisbatan qo‘llanilayotgan
jazo choralari misollar orqali yetkazildi.
- Voyaga yetmagan
shaxslarning nomusiga tegish jinoyatini tergov qilishning o‘ziga xos hususiyatlari,
ushbu tergov harakatini o‘tkazishda tergovchining boshqa sohaviy xizmatlar (HPB,
EKB, JQ) xodimlari bilan hamkorligi mavzularida masster klass mahorat darsi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan masster klass mahorat
darsida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan mavzuga oid
ma’ruzalar qilinib, amaliyotda uchrayotgan holatlar yuzasidan misollar keltirildi.
Masster klass mahorat darsida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan
savollariga tegishli javoblar olishdi.