Surxondaryo viloyati IIB mas’ullari ishtirokida IIV Akademiyasi kursantlari bilan navbatdagi onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.
2025 yilning 23 sentabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xujanov boshchiligida, boshqarma sohaviy xizmat mas’ullari tomonidan IIV Akademiyasi o‘qituvchilari va kursantlari bilan navbatdagi onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.
Unda asosan, “Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, ularning
turlari, sodir qilinish sabab va shart-sharoitlari, ushbu jinoyatlarni oldini olishda
profilaktika inspektorlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar”, “Ochilmagan jinoyatlarni fosh etishda tezkor-qidiruv
xodimlarining boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi hamda ushbu sohada yuzaga
kelayotgan muammolar”, “O‘g‘irlik,
firibgarlik jinoyatlarida voqea joyini ko‘zdan kechirishda ekspert-kriminalistika
xodimlarining boshqa sohaviy-xizmatlar bilan hamkorligi” mavzularida tahliliy
ma’lumotlar asosida ma’ruzalar qilindi.
Shundan so‘ng, ma’ruzachilar IIV Akademiyasi kursantlari tomonidan berilgan savollarga hayotiy ma’lumotlar asosida batafsil javoblar berishdi.