Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash sohasida 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Joriy yilning 17 yanvar kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati hamda uning quyi
bo‘g‘inlarida xizmat olib borayotgan rahbar va xodimlari ishtirokida 2023 yil
davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga
bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev
ishtirok etdi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda 2023 yilda yo‘l qo‘yilgan
asosiy ko‘rsatgichlar o‘qib eshittirildi hamda xodimlar o‘rtasida xizmat
intizomi va qonun buzilishining oldini olish, sifatli kadrlarni jamlash hamda
xodimlar bilan doimiy ravishda jismoniy va jangovar tayyorgarlik
mashg‘ulotlarini olib borish borasida joriy yil davomida amalga oshirilishi
ko‘zda tutilgan chora tadbirlar belgilanib, o‘z xizmat faoliyatida qator
kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, xizmat faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar qilmagan
ayrim rahbar xodimlarga keskin intizomiy choralar qo‘llanishi to‘g‘risida
ogohlantirishlar berildi.