Surxondaryo viloyati IIB mas’ullari tomonidan Ichki ishlar faxriylari holidan xabar olinib, ularning muammolari o‘rganilmoqda.
Aytish kerakki bugun IIO tizimida mehnat qilgan faxriylarni e’zozlash va ularga ehtirom ko‘rsatish borasida e’tiborga molik tizimli ishlar amalga oshirilmokda. Bu ezgu amallar 25 oktabr- ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami oldidan tashkil etilayotgan qator xayrli ishlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
E’tiborli tomoni
mana shunday inson qadrini ulug‘laydigan tashabbuslar ko‘lami kengayib bormoqda.
Masalan joriy yilning 23-oktabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod
Shadiev va Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Uzun tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik
Otabek Ergashevlar tomonidan tumanda yashovchi Ichki ishlar organlari idoralarida
uzoq yillar xizmat qilib hozirgi kunda nafaqaga chiqqan faxriylarning holidan xabar
olindi
Jumladan;
Mas’ullar Uzun tumani “Istiqlol” mahallasida yashovchi IIOlarida
xizmat olib borib, hozirgi kunda pensiyada bo‘lgan 2-guruh nogironi iste’fodagi
mayor Ro‘zimaxmat Yusupovning yashash xonadoniga borishdi. Unga O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari general-mayor
Davron Nazarmuhammedovning Surxondaryo viloyati
ichki ishlar organlari faxriylari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida qilgan murojaati yuzasidan, unga viloyat IIB boshlig‘i
tomonidan berilgan zamonaviy nogironlar aravachasini tantanali ravishda topshirishdi.
Shuningdek Tumanning “Yangi hayot” mahallasida yashovchi ichki ishlar organlarida xizmat olib borib, hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan 1961 yilda tug‘ilgan, 1-guruh nogironi iste’fodagi kapitan Oral Oqboyevning holidan xabar olinib, uning sog‘ligini tiklash hamda xonadonida aniqlangan muammolarini bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.