Surxondaryo viloyati IIB mas’ullari ishtirokida IIV Akademiyasi kursantlari bilan navbatdagi onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.
2025 yilning 21 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiev boshchiligida, boshqarma sohaviy xizmat mas’ullari tomonidan IIV Akademiyasi o‘qituvchilari va kursantlari bilan navbatdagi onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.
Unda asosan, “Himoya orderi nima, kim tomonidan beriladi, kimlarga
beriladi, qancha muddatga beriladi? Muddatini uzaytirish tartibi, huquqbuzarga nisbatan
qo‘yilgan cheklovlar, cheklov qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik”, “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni
tashkil etish va o‘ynash jinoyatlarini aniqlashda tezkor-qidiruv xizmati xodimlarining
fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va fuqarolar bilan hamkorligi”, “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni oldini
olishda tergovga qadar tekshiruvni (surishtiruvni) amalga oshirishda yuzaga kelayotgan
muammolar va takliflar” mavzularida ma’ruzalar
qilindi.
Shundan so‘ng, ma’ruzachilar IIV Akademiyasi kursantlari tomonidan berilgan savollarga hayotiy ma’lumotlar asosida batafsil javoblar berishdi.