Surxondaryo viloyati IIB mas’ullari ishtirokida IIV Akademiyasi kursantlari bilan navbatdagi onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.
2025 yilning 16 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiev boshchiligida, boshqarma sohaviy xizmat mas’ullari tomonidan IIV Akademiyasi o‘qituvchilari va kursantlari bilan navbatdagi onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.
Unda asosan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda
respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt
oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-1-son qarori yuzasidan profilaktika inspektorlarining faoliyati.”, “Surxondaryo viloyati misolida hududning kriminogen vaziyatini baholashda
axborot-tahliliy ma’lumotlardan foydalanish”, “IIOlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan xizmat va ijrochilik intizomini
buzish bilan bog‘liq holatlar, uning sabablari” mavzularida tahliliy ma’lumotlar
asosida ma’ruzalar qilindi.
Shundan so‘ng, ma’ruzachilar IIV Akademiyasi kursantlari tomonidan berilgan savollarga hayotiy ma’lumotlar asosida batafsil javoblar berishdi.