19 Fevral 2025 yil 448

Surxondaryo viloyati IIB mas’ullari ishtirokida IIV Akademiyasi kursantlari bilan navbatdagi onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.

2025 yilning 19 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiev boshchiligida, boshqarma sohaviy xizmat mas’ullari tomonidan IIV Akademiyasi o‘qituvchilari va kursantlari bilan navbatdagi onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.

Unda asosan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori yuzasidan profilaktika inspektorlarining faoliyati”, “Qotillik va badanga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda yuzaga kelayotgan muammolar, ushbu jinoyatlarni oldini olishda tezkor-qidiruv xodimlarining boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi”, “Jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga gumon qilingan shaxslarni  ushlab turish tartibi, ularni ushlab turishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va natijada xodimlarga nisbatan qo‘llanilayotgan jazo choralari (sohaviy xizmatlar kesimida taxliliy ma’lumotlar bilan). Ximoya orderi nima, kim tomonidan beriladi, kimlarga beriladi, qancha muddatga beriladi, muddatini uzaytirish tartibi, huquqbuzarga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar, cheklov qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik” mavzularida tahliliy ma’lumotlar asosida ma’ruzalar qilindi.

Shundan so‘ng, ma’ruzachilar IIV Akademiyasi kursantlari tomonidan berilgan savollarga hayotiy ma’lumotlar asosida batafsil javoblar berishdi.

Text to speech