Surxondaryo viloyati IIB mas’ullari ishtirokida IIV Akademiyasi kursantlari bilan navbatdagi onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.
2025 yilning 19 may kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Xurshid Atanazarov boshchiligida, boshqarma sohaviy xizmat mas’ullari tomonidan IIV Akademiyasi o‘qituvchilari va kursantlari bilan navbatdagi onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.
Unda asosan, “Profilaktika inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan
tergovga qadar tekshiruv hujjatlari sud tomonidan tugatilganlik holatlari bu borada kuzatilayotgan kamchiliklar”, “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar
bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni fosh etishda
tezkor xodimning boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi hamda unda yuzaga kelayotgan
muammolar”, “Navbatchilik qismiga kelib tushgan barcha turdagi
jinoyat va xabarlarning ro‘yxatga olinishi, ular asosida hodisa sodir bo‘lgan joyga
chiqish hamda tergov-tezkor guruhining sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish borasidagi
faoliyatining xususiyatlari” mavzularida tahliliy ma’lumotlar asosida ma’ruzalar
qilindi.
Shundan so‘ng, ma’ruzachilar IIV Akademiyasi kursantlari tomonidan berilgan savollarga hayotiy ma’lumotlar asosida batafsil javoblar berishdi.