Surxondaryo viloyati IIB mas’ullari tomonidan IIV Akademiyasi kursantlari uchun onlayn master-klass o‘tishdi
2024 yilning 18 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shodiev boshchiligida, boshqarma sohaviy xizmat mas’ullari tomonidan IIV Akademiyasi o‘qituvchilari va kursantlari uchun onlayn master-klass o‘tishdi.
Unda asosan, “Jamoat xavfsizligini
ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda
profilaktika inspektorlarining boshqa sohaviy xizmatlar, davlat organlari, jamoat
tashkilotlari bilan hamkorligi hamda ushbu sohada uchrayotgan muammolar”,
“Odam savdosi va odob-axloq doirasidagi
jinoyatlarni fosh etishda tezkor xodimning boshqa sohaviy xizmat xodimlari bilan
hamkorligi hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar”, “Qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlarini
tergov qilishda tergovchining boshqa sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorligi hamda
ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar.” mavzularida ma’ruza qilindi.
Shundan so‘ng, ma’ruzachilar IIV Akademiyasi kursantlari tomonidan berilgan savollarga hayotiy va asosli ma’lumotlar asosida batafsil javoblar berishdi.