Surxondaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari uchun “Sayyor-Akademiya” o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022
yil 8 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini,
zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘quv-amaliy
mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda
boshqarma Ekspert-kriminalistika markazi va
shahar-tuman IIB ekspertlari ishtirok etishdi.
“Sayyor- Akademiya” o‘quv
dasturi bo‘yicha tashkil qilingan ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotida IIV Ekspert-kriminalistika
bosh markazi va IIV Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi xodimlari
tomonidan ekspert kriminalistika sohasida kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish
protsessual, metodik va texnik qoidalari, tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida
ekspert xulosalari orqali isbotlash bazasini mustahkamlash, ekspertlar tomonidan
yo‘l qo‘yiladigan odatiy xatoliklarning tanqidiy muhokamasini o‘tkazish, ekspertizalar
tahlili natijasiga ko‘ra huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha kriminalistik
tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan ilmiy-amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha
yangicha samarali o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Belgilangan dastur yuzasidan mutaxassislar tomonidan mavzular doirasida
ishtirokchilarga atroflicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi.
Savol-javoblar asosida kechgan mashg‘ulot xodimlarning sohaga oid qonun va
qoidalar bilan yaqindan tanishish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha bilim va malakasini
yanada boyitishga xizmat qildi.