10 Oktyabr 2024 yil
485
Surxondaryo viloyati IIB yo‘l patrul xizmati xodimlari bilan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari
hamda Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyi psixologi Xalima Bekmuratovalar hamkorlikda
fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqotda bo‘ladigan, maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning
xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda viloyat IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tarkibida xizmat olib
borayotgan xodimlarning xizmat samaradorligini va kasbiy bilimlarini oshirish, shaxsiy
tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning
individual-psixologik hususiyatlarini o‘rganish, shuningdek ularning muloqot psixologiyasi, muomala madaniyati, nostandart
vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlashga doir zarur ko‘nikmalarini shakllantirishga
qaratilgan psixologik trening mashg‘uotlari o‘tkazildi.
Shuningdek, xodimlarga ilmiy psixologik usullarni maqsadli qo‘llash orqali
jamoadagi sog‘lom muhitni shakllantirish, turli stress va ziddiyatli vaziyatlarga
moshlashish qobiliyatini rivojlantirish hamda ularning jismoniy-ruhiy tayyorgarligini
oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Har kuni turli toifa va xarakterdagi fuqarolar
bilan muloqotda bo‘ladigan xodimlarning muomala madaniyati yuqori bo‘lishi lozim,
shu boisdan psixologlar tomonidan xodimlarga notiqlik madaniyati yuzasidan tushunchalar
berib o‘tildi.
Davra suhbati davomida, xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti jarayonida yo‘l
qo‘yishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning muomala madaniyatini
oshirish bo‘yicha shuningdek, turli stress vaziyatlariga tushib qolmaslik uchun
kerak bo‘ladigan psixologik mashqlar haqida
xodimlarga ma’lumotlar berilib, ushbu mashqlarni muntazam amalga oshirib
borish xodimning ruhiyati va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi.
Bundan tashqari, xodimlar psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning
psixologik portretlari yaratildi.
Surxondaryo viloyati
IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.