Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani IIBda qonunchilik masalalari hamda 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shodiev ishtirok etib, tuman hududida joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomidi tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida xizmat va ijrochilik intizomi, qonunchilikni mustahkamlash masalalari tanqidiy muhokama etildi.
Yig‘ilish davomida,
xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish
hamda korrupsion jinoyatlarga qarshi murosasiz kurashish masalalariga alohida to‘xtalib
o‘tildi.
Muhokama yig‘ilish
yakunida, ichki ishlar organlarini xalqchil va professional tizimga aylantirish,
ish samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilab olindi.