4 Oktyabr 2024 yil 507

Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limida xizmat qilib kelayotgan xodim va ishchi xizmatchilarning oila a’zolariga tumandagi “Ishga marhamat” Monomarkaz faoliyati yaqindan tanishtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-sonli qaroriga asosan Uzun tumani “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etilgan.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining Xotin qizlar masaslalari buyicha o‘rinbosari podpolkovnik N.Djumaeva tomonidan, Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limida xizmat qilib kelayotgan xodim va ishchi xizmatchilarning oila a’zolarini Uzun tumani “Ishga marhamat” Monomarkazi faoliyati bilan tanishish hamda kasbga o‘qitish bo‘yicha, tikuvchilik (3 oy), qandolatchilik (2 oy), oshpazlik (2 oy), hunarmandchilik (2 oy), bolalar massaji (2 oy), ayollar massaji (2 oy), uy xamshirasi va birinchi yordam (2 oy), hijoma qo‘yish (2 oy) o‘quv kurslari tavsiya etildi.

Text to speech