Surxondaryo viloyati IIB xodimlari “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bor mehrimiz senga bolajon” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasida ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgust
kunidagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada
takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish to‘g‘risida”gi
348-son Qarori hamda IIVning 2024 yil 28 may kunidagi tegishli ko‘rsatmasida qon
bilan ishlash xizmatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib, aholi orasida
beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik
ishtirokida rivojlantirish bo‘yicha volontyorlik harakatini ommalashtirish, sayyor
donorlik ko‘lamini kengaytirish belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 31 may kuni, hududiy
qon xizmati muassasalari bilan hamkorlikda ichki ishlar organlari xodimlari orasida
beg‘araz donorlik faoliyati tashkil etilishi, ko‘ngillilarni ixtiyoriy ravishda
qon topshirishiga hamda qon donorligi aksiyalarni tartibli, yuqori saviyada o‘tkazilishi
hamda aksiyaning davomiyligini ta’minlashda, viloyat IIBning sohaviy xizmatlari
va barcha shahar-tuman IIBlari xodimlari qon quyish markazlariga borib beg‘araz
donorlik aksiyasida faol ishtirok etishdi.