Surxondaryo viloyati IIB xodimalari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini
keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2020 yil 30 oktabr kunidagi Farmoni hamda Ichki ishlar organlarida jismoniy tarbiya
va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini aholi orasida keng targ‘ib qilish
maqsadida, Ichki ishlar vazirining 2024 yil 8 iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari
harbiy xizmatchi ayollar va xodimalari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” musobaqasini
o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 12 iyul kuni
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimalar o‘rtasida
“To‘maris izdoshlari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada ishtirokchilar dastlab,
100x200x400x800 metr masofaga estafeta yugurish, AK74 (aftamat kalashnikov) va
PM9 (pistolet makarof) pistoletidan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlarida
sinovdan o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, ishtirokchilar shartli yarador (jarohatlangan)larga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni jang
maydonidan olib chiqish jarayonidagi hatti-harakatlari, o‘zlarini tutishlari, shartli
yaradorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotlarini bajarishdi.
Musobaqaning viloyat bosqichi yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar,
respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini
qo‘lga kiritdi.