8 Fevral 2024 yil
500
Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.
Joriy yilning 5-fevral kuni Termiz shahridagi Prezident
maktabi o‘quvchilari Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga
tashrif buyurdi. Tashrif davomida, o‘quvchilarning yurtimiz va viloyatimiz bo‘ylab
muqaddas qadamjolar hamda tarixiy obidalarga sayohatlarni tashkil etishda birgalikda
hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Ushbu kelishuv doirasida, shu kuni Al-Hakim at-Termiziy
ziyoratgohiga tashrif amalga oshirilib, buyuk Termiziylar tarixi va o‘tmishi haqida
ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.