Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Vatan sarhadlarini himoya qilishga shaylangan muzrabotlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bugun Muzrabot
tumanida istiqomat qiluvchi Ona vatan sarhadlarini himoya qilish
uchun maddatli harbiy xizmatga borish istagini bildirgan 174 nafar yoshlar bilan
Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid
Ismoilov hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Asliddin Xurramovlar
ishtirokida tuman Mudofaa ishlari bo‘limida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda, harbiy xizmat o‘tash uchun bel bog‘lagan o‘g‘lonlar bilan samimiy
suhbatlar qurilib, ularning qiziqishlari va muammolari o‘rganildi.
Suhbat davomida rahbarlar tomonidan Ona vatanni sevish, vatanparvarlik hissini
yanada oshirish borasidagi o‘z taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Harbiy xizmatga shaylangan
yigitlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan masu’llar tomonidan tegishli
javoblar olishib, Ona vatan tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qilishlari
sharafli burch ekanligini bayon etishdi.