Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan faxriylar va xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.
O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 29 aprel kunidagi 9-may “Xotira va
qadrlash kuni” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” to‘g‘risidagi tegishli
farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 8 may kuni Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev boshchiligida ichki ishlar boshqarmasining mas’ul
xodimlari bilan ichkii ishlar idoralarida
uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan mehnat faxriylari iste’fodagi mayorlar
Bori Shodiev va Shomurod Saidqulov hamda
xizmat vaqtida vafot etgan katta leytenant Sherali Aytuganovlarning xonadonlariga
borib, ularning oila a’zolari holidan xabar olindi.
Xonadon sohiblari
bilan qilingan suhbat davomida, boshqarma boshlig‘ining bayram sovg‘alari ulashildi.
Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar
vazirining 2024 yil 7 may kunidagi tegishli buyrug‘i bilan ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali faoliyat
olib borgan hamda yosh xodimlarni tarbiyalashda o‘zlarining beminnat hissalarini
qo‘shib kelayotgan mehnat faxriylari iste’fodagi podpolkovnik Abdusattor Ismailov
“Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan istefodagi starshina
Norboy Pardaev “Ichki ishlar vazirining esdalik qo‘l soati bilan” taqdirlanishdi.
Sana munosabati bilan xabar olingan
xonadon sohiblarining yashash sharoitlari, sog‘liklari, muammo va takliflari boshqarma
boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.