Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Sho‘rchi tumanida alohida toifada turuvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning muammolarini o‘rgandi.
Kuni
kecha Sho‘rchi tumanidagi Sho‘rchi don mahsulotlari mas’uliyati cheklangan jamiyati
majlislar zalida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich
tomonidan tumanda qizil toifaga kiritilgan mahallada istiqomat qiluvchi ichki ishlar
organlarida alohida toifadagi hamda Probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuv
o‘tkazildi.
Uchrashuvda,
tuman hokimi Zokirov Ulug‘bek Xurramovich, sektor rahbarlari,
ta’lim muassasa rahbarlari, idora va tashkilotlar, Yoshlar ittifoqi, mahalla yettiligi
ishtirok etishdi.
Dastavval,
Sho‘rchi tumanida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan masalalar yuzasidan
o‘rganishlar olib borildi.
Tumanning
12 oy yakuni bilan 53 ta mahallaning 13 tasi qizil toifada qolganligi, bundan tashqari, tumanda 5 ta “Bobotog‘”, “Navro‘z”,
“Do‘stlik”, “Bobur” va “Xayrobod” mahallalari oxirgi 3 yildan buyon “qizil” toifada
saqlanib qolayotganligi tanqid ostiga olinib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning
kelgusida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni
barvaqt oldini olish borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar
taqdimoti bilan tanishildi.
Taqdimotda tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan
jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlashning yangi tizimi, yo‘l harakati xavfsizligini
ta’minlash, hududlarni kameralashtirish ishlari o‘rganildi.
Shundan
so‘ng, qizil toifadagi 13 ta mahallasida istiqomat qilib kelayotgan yoshlarning
muammolari o‘rganilib, murojaatlari qabul qilindi.
Uchrashuv
davomida, yoshlar tomonidan uy-joy olish uchun subsidiya ajratish, tadbirkorlik
faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun kredit mablag‘lari olish, ishga
joylashish, tikuvchilik bilan shug‘ullanishlari uchun tikuv mashinkasi, payvandlash
jihozlari olishlari, probatsiya nazoratidan muddatidan ilgari ozod qilish va boshqa
masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim izlandi.
O‘z
muammoli masalalariga yechim izlab kelgan 188 nafar yoshlarning
68 ga yaqin murojaatlari tinglanib, 24 tasi
shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 20 nafariga huquqiy tushuntirishlar
berildi.
O‘rganish
uchun muddat talab etilgan 12 ta murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan
nazoratga olingan bo‘lsa 12 ta murojaat mazmunan ko‘rib chiqilish uchun tegishli
tashkilot va idoralarga yuborildi.
Shuningdek,
uchrashuv davomida, bir nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligi aks etgan fuqarolik ID kartasi tantanali ravishda topshirildi.
Yoshlar bilan o‘tkazilgan ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan
asosiy maqsad esa kelgusida ushbu toifadagi yoshlarni ma’naviy dunyoqarashini mustahkamlash,
ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali bandligini ta’minlash, jinoyat
va huquqbuzarlik yo‘liga kirishining oldini olishga qaratilgandir.