Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Qiziriq tumanida “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
Surxondaryo viloyat
hokimi U.Qosimovning topshirig‘iga asosan har bir hududdan bitta mahalla tanlanib
“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” dasturi doirasida ishlarni tashkil
etish bo‘yicha topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qiziriq tumanidagi “Buyuk
kelajak” mahallasida bugungi kunda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mahalladagi
ichki yo‘llar ta’mirlanib, aholi xonadonlari, mahalla guzari obodonlashtirilmoqda.
Olib borilayotgan ishlar bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik A.Ismoilov
tuman hokimi Sh.Rajabov hamda tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda o‘rganishi
davomida mahalla fuqarolar yig‘ini beshligi hamda aholi bilan uchrashuv o‘tkazib,
mahallani obodonlashtirish bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarni ogohlantirib,
bu borada zaruriy ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik
A.Ismoilov tomonidan mahalla ahliga huquqiy tushuntirishlar berilib, oilalarning
tinch turmush kechirishlari, farovonlikka erishishda, oilada ajrimlarning va jinoyatlarning
oldini olishda keksa otaxon va onaxonlarning ibratli hayoti o‘rnak ekanligi, ularning
hayot yo‘llari yoshlar hayotida o‘z aksini topishi lozimligi haqida ta’kidlab o‘tildi.