30 May 2024 yil 330

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari huzurida Termiz tumani IIB Faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tarixga nazar solmasdan, kelajakka boqib bo‘lmaydi. Binobarin, insonni inson etib tarbiyalashda eng yaxshi vosita bu- “tarix”- deb bejizga aytilmagan. Keksa va nuroniylarimiz esa tirik tarixga qiyos etamiz. Chunki ular ulug‘ yoshni yashab, hayot yo‘lidagi murakkab to‘siqlarni yengib o‘tish sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirgan, yuksak bilim va tajribaga ega murabbiylardir. Xato qilsangiz, uni to‘g‘rilash sir-sinoat yo‘llarini o‘rgatishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 15 mart kunidagi PQ-167-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 iyul kunidagi buyrug‘i talablari asosida joriy yilning 29 may kuni viloyat IIB rahbariyati, viloyat IIB Faxriylar kengashi, Termiz tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida Termiz tumani IIB Faxriylar kengashining xisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB tomonidan Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, kelgusida Faxriy xodimlar bilan ishlash tizimini yanada yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida mutassaddilarga tegishli topshiriqlar berib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Termiz tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatilib, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan Faxriylar kengashi raisi etib, iste’fodagi podpolkovnik Dilmurod Mirzaev bir ovozdan ma’qullandi.

Termiz tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga tayinlangan iste’fodagi podpolkovnik D.Mirzaev “O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilishi”ni ta’kidlab, mas’uliyatli va sharafli vazifaga tayinlanganligi, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hususida o‘z fikrini qisqacha bildirib o‘tdi.

So‘zga chiqqan faxriy ustozlar tomonidan hozirgi kunda tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarga pand-nasihatlar berib, xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari, fuqarolar bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib, vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda  xizmat olib borishlari to‘g‘risida maslahatlar berishdi.

Yig‘ilish so‘ngida, tuman IIBning bir qator faol faxriylariga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech