17 May 2024 yil 522

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari huzurida, Termiz shahrida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Kuni kecha Termiz shahar “Alpomish” mahallasida joylashgan Termiz tibbiyot bo‘limi binosida, odam savdosi bilan bog‘liq og‘ir turdagi jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqov, shahar IIB boshlig‘i O‘.Shukurov, Termiz tibbiyot bo‘limi boshlig‘i R.Odinaev va sektor rahbarlari keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabab va shart-sharoiti haqida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari yig‘ilish ishtirokchilariga qisqacha ma’lumot berib, jinoyatga sabab bo‘lgan har bir holat tahlil etilib bunda oiladagi va mehnat jamoadagi muhit, qo‘ni – qo‘shni, mahalla ko‘y, qarindoshlarning ham salbiy ta’siri  ta’kidlandi.

Viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan tizimli ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan mexanizmni harakatga keltiruvchilari mahallalardagi “yettilik” vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlikda faoliyat yuritmasligi shu kabi ko‘ngilsiz voqealarga sabab bo‘lishini hayotiy misollar bilan bayon etdi.

Aytish kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosi doirasida, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organ hamda muassasalar ishtirokida jinoyat sabablarini o‘rganish, ularni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini joyiga chiqqan holda «mahallabay» va «sohabay» muhokama qilish tartibi joriy etilgan.

Bu amaliyot avvalo hududdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash va nuroniylar, keng jamoatchilik vakillarining ogohlik daxldorligini oshirishda ayni muddao sanalmoqda.

E’tiborli jihati xalq bilan bo‘layotgan muloqotlar jarayonida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha aholi vakillarining ham taklif va tashabbuslari o‘rtaga tashlanmoqda.

Text to speech