24 May 2024 yil 503

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan Termiz shahrida jamoatchilik bilan hamkorlikda tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar yaqindan o‘rganildi.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra mamlakatimizda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, aholin bugunidan rozi qilish maqsadida huquq-tartibot idoralari rahbarlari tomonidan jamoatchilik bilan hamjihat bo‘lib hamkorlikda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqov tomonidan Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shahar hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ijobiy tajribalar «qizil» toifaga tushgan mahallalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil qilinmoqda.

Jinoyatlarning aksariyati tungi vaqtlarda sodir etilishi hisobga olinib, huquq-tartibot idoralari xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida kriminogen og‘ir mahallalarga tungi navbatchilikka jalb etilgan zarur kuch va vositalar taqsimlanib, muammolar mahallalarni o‘zida yechishga alohida e’tibor berilmoqda.

Tekshiruv jarayonida shahar hududiga kirish va chiqish yo‘nalishlarida xavfsizlik choralarining to‘g‘ri va tizimli tashkil etilishi «Manguzar» yo‘l patrul xizmati maskani misolida o‘rganildi.

O‘rganish davomida, xizmatni tizimli ravishda mas’uliyat va hushyorlik bilan tashkil etishga qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi, bunda asosiy e’tibor maskanlarning ma’muriy hududlarida videokuzatuv qamrovini oshirish, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi, piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, shahar hududida aholi zich joylashgan ko‘p qavatli uylar kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda, “102” Huquq tartibot maskani, Termiz shahar IIB Navbatchilik qismi, tezkor-tergov guruhi, vaqtincha saqlash hibsxonasi,  viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi va boshqa Ichki ishlar bo‘linmalarida tungi xizmatni tashkil etish jaryonlari bilan yaqindan tanishilib, aniqlangan kamchillik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tungi vaqtda mahallalarda huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish, hisobda turgan shaxslar, notinch oilalar hamda uyushmagan yoshlar bilan «xonadonbay» va «fuqarobay» ishlarni tashkil etish hamda jinoyatlarning kelib chiqish sabab va omillarini tizimli ravishda aniqlab, kelgusida ularning barvaqt oldini olish borasida tavsiyalar berildi.

O‘rganish chog‘ida, «Yashil dunyo», «Aysberg», “Indenum” va boshqa savdo majmualarida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xavfsizlik choralariga e’tibor qaratildi, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarda biriktirilgan xodimlarning shaylik holati nazorat tariqasida tekshirildi.

O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor, xizmatni tizimli ravishda mas’uliyat va hushyorlik bilan tashkil etishga qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan mazkur yo‘nalishlardagi o‘rganishlari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

Text to speech