8 May 2024 yil 461

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i faxriylar, xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon sohiblariga davlatimiz rahbarining ezgu tilaklarini yetkazdi.

«9 may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov soha mutasaddilari va mas’ullar ishtirokida bugun Termiz shahri va tumanlarda istiqomat qilib kelayotgan faxriylar, nuroniylar va xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning xonadonlarga tashrif buyurib, ular bilan uchrashib, davlatimiz rahbarining ezgu tilaklarini yetkazdi.

Xotira – aziz, qadr – muqaddas. Yurtimizda nishonlanadigan har bir bayram oldidan keksa avlod vakillarini e’zozlash ularga chuqur hurmat ko‘rsatish, nuroniy, faxriylar holidan xabar olish an’anaga aylangan. Sababi, bugungi osuda kunlarimiz, farovon turmushimiz ularning mashaqqatli xizmati va bukilmas irodasi evaziga tiklanganini unutmaslik lozim.

Ayni shu maqsadda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va mas’ullar vohada istiqomat qilib kelayotgan soha faxriylari, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning xonadonlarida bo‘lib, Prezidentimizning bayram tabriklarini yetkazishdi, shuningdek bayram sovg‘alarini ulashib, quvonchlariga sherik bo‘lishdi.

Xonadon sohiblari bilan qilingan suhbat chog‘ida bugungi kunlarga shukrona keltirish bilan birga davlatimiz rahbarining e’tiboridan minnatdor ekanini bildirdi.

Boshqarma boshlig‘i faxriylar hamda xizmat chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari bilan uchrashish davomida ularning yashash sharoiti, salomatligi hamda muammolarini ham o‘rganib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Text to speech