24 May 2024 yil 548

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovichning Xalq Deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining sakson yettinchi sessiyasida Hisoboti tinglandi.

Joriy yilning 24 may kuni o‘tkazilgan mazkur sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlisi Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, boshqarma va tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi mavzu doirasida Surxondaryo viloyatda 2024 yilning I choragida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish borasida viloyat sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirgan ishlar haqida viloyat sektor rahbarlarining axboroti tinglandi.

Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan «Viloyat hududida qonunchilikni ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2024 yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida» viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Timur Ismailovning hisoboti tinglandi.

Text to speech