Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i vohada kriminogen vaziyatni o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich mahalla hududlarida huquqbuzarliklar va
jinoyatlarni barvaqt oldini olish, ularni “issiq izi”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini
ta’minlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan
yaqindan tanishish maqsadida bugun Termiz, Qiziriq hamda Bandixon tuman ichki ishlar
bo‘limlarida bo‘ldi.
Hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish,
notinch oilalardagi vaziyatni o‘rganib, muammolarini hal etish, muqaddam sudlanganlar
va yoshlarni ish bilan ta’minlash, yettilik
faoliyatidan samarali foydalanish, hamkor tashkilotlar bilan tungi vaqtlarda nazorat
yanada kuchaytirish, fuqarolar gavjum to‘planadigan joylarga videokuzatuv moslamalari,
xonadonlarni qo‘riqlash pultiga ulash, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda
amalga oshirilgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, o‘rganish davomida tuman ichki ishlar bo‘limlaridagi
xodimlar faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, kriminogen
vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, o‘rnatilgan videokuzatuv
moslamalarining ish jarayoni, xonadonlarni qo‘riqlash pultiga ulanishi, “Ijtimoiy profilaktika” tizimining ish samaradorligi,
“fuqarobay”, “mahallabay” ishlash, fuqarolar, yoshlar va ayollarning muammolarini
aniqlash va hal qilish, bandligini ta’minlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar atroflicha tahlil etildi.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining
vohadagi o‘rganishlari davom etmoqda.