15 May 2024 yil 496

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari huzurida, Denov tumanida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Kuni kecha Denov tuman xokimligi binosida, muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Murod Boltaev, tuman sektor rahbarlari, mas’ul idora va tashkilot vakillari, ta’lim muassasalarning mas’ullari, mahalla yettilik vakillari va nazorat ostidagi shaxslar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabab va shart-sharoiti haqida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari yig‘ilish ishtirokchilariga qisqacha ma’lumot berib, jinoyatga sabab bo‘lgan har bir holat tahlil etilib bunda oiladagi muhit, qo‘ni – qo‘shni, mahalla ko‘y, qarindoshlarning ham salbiy ta’siri  ta’kidlandi.

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan tizimli ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan mexanizmni harakatga keltiruvchilari mahallalardagi “yettilik” vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlikda faoliyat yuritmasligi shu kabi ko‘ngilsiz voqealarga sabab bo‘lishini hayotiy misollar bilan keltirdi.

Shu asnoda mahalla yettiligiga hududda kelib chiqayotgan muammo va turli nizolarni o‘z vaqtida o‘rganib, ularni bartaraf etishga mas’ul ekanliklari uqtirilib zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Aytish kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosi doirasida, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organ hamda muassasalar ishtirokida jinoyat sabablarini o‘rganish, ularni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini joyiga chiqqan holda «mahallabay» va «sohabay» muhokama qilish tartibi joriy etilgan.

Bu amaliyot avvalo hududdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash va nuroniylar, keng jamoatchilik vakillarining ogohligi daxldorligini oshirishda ayni muddao sanalmoqda.

E’tiborli jihati xalq bilan bo‘layotgan muloqotlar jarayonida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha aholi vakillarining ham taklif va tashabbuslari o‘rtaga tashlanmoqda.

Text to speech