Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov tomonidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, aksariyati ijobiy hal etildi
Xabaringiz bor aholini qiynab kelayotgan muammolarini
o‘rganish orqali ularga ijobiy yechim topish masalalarida Surxondaryo viloyati IIB
boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Abduvohid Ismoilov tomonidan 14 dekabr kuni
Surxondaryo viloyatining Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasida hamda 15 dekabr
kuni Sherobod tumanlari Ichki ishlar bo‘limlarida fuqarolarning sud-huquq tizimi
sohasiga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan “Sayyor qabul”larda viloyat IIB boshlig‘i
o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari va mas’ullari, murojaatlariga yechim izlab
kelgan fuqarolar hamda OAVlari vakillari ishtirok etishdi.
Fuqarolarning muammolarini o‘rganish davomida Denov tumanida
19 ta murojaatlar qabul qilinib, murojaatlarning 12 tasi joyida ijobiy hal etilgan
bo‘lsa, Sherobod tumanida o‘tkazilgan qabulda 23 ta murojaatlar qabul qilinib, 13
ta muammoli murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi
boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir murojaat
bo‘yicha muddatlar belgilanib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Aytish
kerakki, har bir muammoli murojaatning ortida inson haq-huquqi, uning taqdiri aks
etganligini chuqur anglagan holda har bilan qilingan murojaatlarni qonunda belgilangan
tartibda ijobiy hal qilishga qaratilgan sa’yi harakatlar ichki ishlar organlari
rahbarlari hamda xodimlari tomonidan izchillik bilan olib borilmoqda.