Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Xalq bilan muloqot qilish orqali ularni
qiynab kelayotgan dardu tashvishiga quloq tutish, muammolarini o‘rganish orqali
hal qilish bugun davlat idoralarining asosiy faoliyati hisoblanib, bosh mezoniga
aylangan.
Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Abduvohid Ismoilov tomonidan Surxondaryo
viloyati IIBda o‘tkazilgan sayyor qabulda ham bu mezon o‘z isbotini topdi.
Sayyor qabulda viloyat IIB boshlig‘i
o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari va mas’ullari, murojaatlariga yechim izlab
kelgan fuqarolar hamda OAVlari vakillari ishtirok etishdi.
Qabulda ko‘tarilgan
20 dan ortiq fuqarolarning sud-huquq tizimi sohasiga oid murojaatlari birma-bir
ko‘rib chiqilib, ijobiy yechim izlandi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, ish yurituvga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi boshqarma boshlg‘i tomonidan alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir murojaat bo‘yicha muddatlar belgilanib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.