Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Sho‘rchi tumani hududida jinoyatni jinovlash yo‘lida olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlar o‘rganildi
Davlatimiz rahbarining
viloyatimizga tashrifi jarayonida barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan
ishlarga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish,
huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatga ta’sir
etuvchi omillarni aniqlagan holda ilmiy jihatdan tahlil qilib, 2024-yilning birinchi
choragi yakuniga qadar jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha aniq takliflar kiritish
va yo‘l xaritasi ishlab chiqish vazifasi soha mas’ullariga belgilab berildi.
Mahallalarni jinoyatdan
holi hududga aylantirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, sodir etilgan jinoyatlarni
o‘z vaqtida fosh etish, maqsadida viloyat IIB boshlig‘i A.Ismoilov boshchiligidagi
ishchi guruh Sho‘rchi tumanida bo‘lib, har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyatlarni
oldini olishda o‘zaro hamkorlik muhimligi, bu borada profilaktika inspektorlari
faol bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini
saqlash, yo‘l transport hodisalari, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini
olish, ijtimoiy profilaktika sohasida aniqlangan
kamchilliklar va muammolarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli
topshiriqlar berildi.