Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Yurtimizda aholi murojaatlari bilan ishlaydigan mexanizmning shakllanishi
xalqning davlat va jamiyatdan roziligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Joylarda tashkil etilayotgan sayyor
qabullar asnosida, xalq bilan muloqot maydoni
vujudga kelib muammo va masallar yechimiga vertikal yondashilmoqda. Bu esa albatta
samaradorlikda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentning viloyatdagi xalq qabulxonasi va Viloyat IIB mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham fuqarolarning murojaatlariga
yechim izlandi.
Davlatimiz rahbari aholining turmush darajasini yaxshilash, farovonligini
oshirish, yaqin kelajakda emas bugun munosib sharoitlarda yaxshi yashashini ta’minlash aholining roziligi ortida mutasaddilarning ko‘ngil xotirjamligi halovati
turishi lozimligini bod-bod takrorlaydilar.
Shundan bo‘lsa kerak jamiyatimizdagi barcha darajadagi rahbarlar tomonidan
aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan. Shunga
asosan tashkil etilgan mazkur sayyor qabulda 15 nafardan oshiq fuqarolar, tergov,
tergovga qadar tekshiruv, moddiy yordam, ishga tiklash va boshqa masalalarda murojaat qilishdi. Yuzma-yuz
muloqotlarda tizim xodimlarining faoliyatidan minnatdor bo‘lganlar fuqarolar ham ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida murojaatlardan 8 tasi ijobiy hal etildi. O‘rganish
talab etiladigan murojaatlar yuzasidan viloyat
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i mas’ulligida
joyiga chiqqan holda yechimi ta’minlanishi
ta’kidlandi. Albatta bunday yondashuv ziddiyatli munosabatlarning barham topishiga
va qonunlar ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.