Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Boysun tumanida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi.
Kuni kecha Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Boysun tumanidagi “Mustaqillik” mahallasiga tashrifi davomida, amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi ijrosi o‘rganildi.
Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga alohida urg‘u berildi. Viloyat IIB boshlig‘i ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shu bilan birga Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv davomida, tuman mas’ullariga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Boshqarma boshlig‘i “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektorining xizmat uyiga tashrif buyurib, profilaktika inspektorining yashash shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishib, muammolarini o‘rgandi.
Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘ining o‘rganish manzili Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limi binosi bo‘lib, u yerda bino va hududning tozaligi, Navbatchilik qismida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlari, tegishli ish hujjatlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tuman IIB mas’ullariga tegishli topshiriqlar berildi.