23 Sentyabr 2025 yil 138

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Termiz shahrida tungi faoliyatni o‘rganish davomida, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov Termiz shahar “Do‘stlik” mahallasidagi “Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni  reabilitatsiya qilish markazi” xodimlarining tungi xizmat faoliyati va u yerda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni saqlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan  yaqindan tanishib, xodimlarga xizmatni o‘tash davomida tegishli buyruq va ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishlari uqtirildi.

O‘rganish davomida, Termiz shahar “Alpomish” mahallasidagi “24/7” ko‘chasida fuqarolar hamda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish asnosida, “24/7” xizmat ko‘rsatish, turistik va gastronomik ko‘chasida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, “Alpomish” mahallasi hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, aholi ko‘p to‘planadigan joylarni kameralashtirish, ishsizlar sonini kamaytirish, fuqarolarning kiber jinoyatlar qurboni bo‘lib qolishining oldini olish, mahallani raqamlashtirish “ijtimoiy profilaktik” tadbirlarni manzilli o‘tkazish, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, joriy yil 17 sentabr kunidan 27 sentabr kuniga qadar Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan Xavfsiz hudud dolzarb 10 kunligi” tezkor profilaktik tadbiri doirasida, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, “Bo‘ston” mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va jinoyatchilik taqdimoti bilan tanishilib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, “ijtimoiy profilaktik” tadbirlarni manzilli o‘tkazish bo‘yicha rahbariy topshiriqlar berildi.

O‘rganishning keyingi manzili “Sahovat” mahallasidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy tibbiyot markazi, narkologiya yo‘nalishi bo‘yicha Surxondaryo filiali faoliyati hamda u yerdagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, shifokorlar bilan xushyorxonada davolanayotgan fuqarolarning ahvoli hamda ushbu muassasaga biriktirilgan ichki ishlar boshqarmasi hamda Qo‘riqlash bo‘limi xodimlariga xushyor holda xizmatlarni olib borishlari bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan viloyat hamda shahar IIB mas’ullariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Viloyatning barcha hududlarida aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan tungi faoliyatni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech