Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi.
Kuni kecha Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon sohili” hamda “Beshqahramon” mahallalariga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla yettiligi
a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazib, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar
sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash borasida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi ijrosi o‘rganildi.
Shuningdek, jamoat tartibini
mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va jinoyat va huquqbuzarliklarni
barvaqt oldini olishga alohida urg‘u berildi. Viloyat IIB boshlig‘i ushbu yo‘nalishlarda
olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shu bilan birga Prezidentimizning
2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla
yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, bu borada
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar
berildi.
Bundan tashqari, tuman Dehqon
bozorida tashkil etilgan “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi” hamda “Baraka savdo
majmuasi”da aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning
barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirildi.
Uchrashuv yakunida, tuman mas’ullariga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.