22 Iyul 2025 yil 395

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Sariosiyo tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi hamda qizil toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi.

Joriy yilning 21 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Sariosiyo tumanidagi “Bog‘ishirin”, “Afrosiyob” mahallalariga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik,  mahallani xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi masalalariga alohida urg‘u berildi. Boshqarma boshlig‘i ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Shu bilan birga Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, bu borada  yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida, boshqarma boshlig‘i tomonidan tuman mas’ullariga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib,  mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech