18 Fevral 2024 yil 677

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining galdagi o‘rganishlari Angor tumanida bo‘ldi

Bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘usini oshirish, ularni mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topishlari hamda ta’lim olishlari uchun keng ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu kabi ezgu ishlarning qulochi kengayib, respublikaning eng chekka va olis hududlarida ham o‘z aksini topmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich hamda Mardonov Qosim Esonovichlar alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatida bo‘lib, ushbu maskanda ta’lim va tarbiya topayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar  bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu ta’lim maskanida 172 nafar o‘quvchiga ta’lim olib, o‘quvchilarning bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, kasb-hunar egallashlari uchun to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Mas’ullar o‘quvchilarning ta’lim olish jarayonlarini kuzatish bilan bir qatorda o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan tadbirrda ishtirok etishdi.

Shundan so‘ng, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Ismoilov Angor tumanining Yangi turmush mahallasi hududida joylashgan 3-sonli huquq-tartibot maskanida bo‘lib, u yerda tuman sektor rahbarlari, mahalla "yettiligi" bilan o‘tkazilgan uchrashuvda hududda jinoyatchilikni jilovlash borasida olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Viloyat IIB boshlig‘i tuman hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasidagi amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi istiqbolli vazifalar bilan tanishib, bu borada mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech