20 Sentyabr 2025 yil 207

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Muzrabot tumanida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi, “Xavfsiz hudud- dolzarb-10 kunligi” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan tungi faoliyat o‘rganildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Muzrabot tumanidagi “Chegarachi” hamda “Al Hakim At Termiziy” mahallalariga tashrifi davomida, 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab ahvoli, o‘quvchilar  xavfsizligini ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, qo‘riqlov pultiga ulanganligi tekshirildi va o‘quvchilar o‘rtasida davomat, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish ushbu mahallada xavfsiz muhitni yaratish uchun tungi xizmatga biriktirilgan huquqtartibot organlari xodimlari, mahalla yettiligi bilan mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, aholi ko‘p to‘planadigan joylarni kameralashtirish, ishsizlar sonini kamaytirish, fuqarolarning kiber jinoyatlar qurboni bo‘lib qolishining oldini olish, mahallani raqamlashtirish “ijtimoiy profilaktik” tadbirlarni manzilli o‘tkazish borasidagi taqdimot bilan tanishilib, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi hamda Respublikamiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud- dolzarb-10 kunligi” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida, jamoat tartibi, aholi xavfsizligi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, bu boradagi ishlar yetarli darajada olib borilmayotganligi tanqid qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish davomida, “Shaffof” mahallasida joylashgan Muzrabot tumani Tibbiyot birlashmasida bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda shifoxonada tashkil etilgan mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tuman punkti faoliyati bilan yaqindan tanishilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.

Muzrabot tumanida olib borilgan tungi o‘rganish davomida, Muzrabot tuman Qo‘riqlash bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, u yerda bino va hududning tozaligi, tumani hududini kameralashtirish va qo‘riqqa olish, shuningdek xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishilib, qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘ining jinoyatchilik, xonadon va ob’ektlarni qo‘riqlovga olish bo‘yicha taqdimoti tinglandi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan viloyat hamda tuman IIB mas’ullariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Viloyatning barcha hududlarida aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan tungi faoliyatni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech