Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Qumqo‘rg‘on va Sherobod tumanlarida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi hamda qizil toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi.
Joriy yilning 17-18 iyun kunlari Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati og‘ir hamda yillar davomida “qizil” toifada bo‘lgan Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi shahar” hamda Sherobod tumanidagi “Katta hayot”, “Buyuk ipak yo‘li” mahallalariga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar
sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani
xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi masalalariga
alohida urg‘u berildi. Boshqarma boshlig‘i ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan
chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli
qarori ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktika
hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib,
bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf
etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida, boshqarma boshlig‘i tomonidan mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.