17 Sentyabr 2025 yil 38

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Termiz shahrida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan tungi faoliyat o‘rganildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Termiz shahridagi “Bog‘ishamol” mahallasiga tashrifi davomida, ushbu mahallada xavfsiz muhitni yaratish uchun tungi xizmatga biriktirilgan huquqtartibot organlari xodimlari, “Qalqon” jamoatchilik tuzilmasi bilan hududda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadiga qaratilgan yo‘riqnoma o‘tkazdi.

Shundan so‘ng ushbu mahallada tashkil etilgan “102” huquq tartibot maskani faoliyati bilan tanishilib, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, aholi ko‘p to‘planadigan joylarni kameralashtirish, ishsizlar sonini kamaytirish, fuqarolarning kiber jinoyatlar qurboni bo‘lib qolishining oldini olish, mahallani raqamlashtirish “ijtimoiy profilaktik” tadbirlarni manzilli o‘tkazish borasidagi taqdimot bilan tanishilib, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, bu borada  yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish davomida, Movaro massividagi
“24/7 xizmat ko‘rsatish” ko‘chasida jamoat tartibini saqlash uchun ajratilgan, kuch vositalar, fuqarolar  hamda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganilib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

O‘rganishning keyingi manzili “Manguzar” YPX maskanida davom ettirildi. Ushbu maskanda xodimlar faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan masu’llarga ko‘rsatmalar berdi.

Bundan tashqari Alpomish mahallasi hududida joylashgan Termiz shahar RK-5 Markaziy qozonxonasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari ko‘zdan kichirildi.  

Shuningdek, ichki ishlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingan Termiz shahar “Nurli-kelajak” mahallasidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganishlar davom ettirilib, ushbu ta’lim dargohida o‘quvchi yoshlarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, xavfsizlik choralari bilan yaqindan tanishildi. Ta’lim muassasasi rahbarlariga o‘quvchi yoshlarning bilim darajalarini yanada oshirish, maktabga biriktirilgan inspektor psixologlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ma’muriy binoning qo‘riqlov pultiga ulanganligi tekshirildi va o‘quvchilar o‘rtasida davomat, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Termiz shahrida olib borilgan tungi o‘rganish davomida, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Maxsus qabulxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, u yerda bino va hududning tozaligi, saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tegishli ish hujjatlari ko‘zdan kechirildi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan viloyat hamda shahar IIB mas’ullariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Viloyatning barcha hududlarida aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan tungi faoliyatni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech