Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 16 sentabr kuni Termiz shahridagi “Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi” binosida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov surxondaryolik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashkil etilgan mazkur uchrashuv, yoshlarning uyushmagan toifasi o‘rtasida samarali profilaktik ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishiga ko‘maklashish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini va qonunga itoatkorlik hissini oshirish, ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsad etilgan.
Shu boisdan, tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida, oliy ta’lim muassasalari
talabalari, ichki ishlar organlari hisobida turgan yoshlar, vaqtincha ishsiz yoshlar,
xorijiy davlatlarga vaqtincha mehnat qilish maqsadida ketib-qaytib kelgan yoshlar,
ajrim yoqasidagi hamda nizoli oilalarda tarbiya topayotgan yoshlar, muntazam ravishda
o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotgan hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan yoshlar
ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida, boshqarma boshlig‘i
bugungi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida yoshlar
uchun yaratilgan keng ko‘lamli shart-sharoitlar va imkoniyatlar to‘g‘risida o‘zining
fikr mulohazalarini berib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlar kelajakdagi orzu havaslari bilan o‘rtoqlashib, boshqarma boshlig‘iga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.