Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning galdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan qabulda, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.
«Ommaviy sayyor qabuli» jarayonida fuqarolar tergov — surishtiruv, ishga
qabul qilish, sog‘ligini tiklash masalasida moddiy yordam berish, yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan
murojaatlar qilishdi.
Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa,
ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa
tegishli sohaviy xizmat mas’ullariga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan
alohida nazoratga olindi.