Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Termiz shahrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan xodimlarning tungi faoliyati o‘rganildi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik Jo‘rabek Avazov tomonidan Termiz shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, yo‘l transport hodisalarining barvaqt oldini olish borasidagi ishlar bilan tanishish hamda tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning xizmat faoliyati o‘rganildi.
Termiz shahridagi “Bog‘ishamol” mahallada tashkil etilgan “102” huquq tartibot maskani
faoliyati bilan tanishilib, mahalla hududida jinoyat
va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani xavfsiz hududga
aylantirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, aholi ko‘p to‘planadigan joylarni
kameralashtirish, ishsizlar sonini kamaytirish, “ijtimoiy profilaktik” tadbirlarni manzilli o‘tkazish, Movaro massividagi
“24/7 xizmat ko‘rsatish” ko‘chasida jamoat tartibini saqlash uchun
ajratilgan, kuch vositalar, fuqarolar hamda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasidagi
ishlar o‘rganilib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar
yuzasidan qo‘shimcha yo‘riqnomalar berildi.
Shuningdek, ushbu mahallada qad rostlayotgan ko‘p qavatli binolar va ularning xafvsizlik choralarini ta’minlash borasidagi loyihalar bilan tanishildi.