2 May 2025 yil 1001

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i va viloyat prokurori ishtirokida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarori ijrosi hamda Denov tumanida sodir etilgan qotillik, bezorilik jinoyatlari tanqidiy muhokama qilindi.

Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining majlislar zalida Denov tumani mahallalari hududlarida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, “2025 yil 1 may kuni Denov tumani Z.M.Bobur mahallasi hududida sodir etilgan qotillik” hamda “Tuman hududida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatish natijasida sodir bo‘lgan bezorilik” jinoyatlarining kelib chiqish sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yuqorida qayd etilgan ikki turdagi jinoyatlar viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov hamda viloyat prokurori Baxtiyar Babadjanovlar huzurida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida,  Denov tumanidagi "qizil toifa" sirasiga kiritilgan mahalla yettiligi, nuroniylar, mahalla faollari va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida, viloyat mas’ullari tomonidan mahalla yettiligi a’zolarining ushbu jinoyatlarning kelib chiqish sabab hamda omillaridan bexabar ekanligi tanqid qilindi.

Mahalla hududlarida bu kabi jinoyatlarni barvaqt oldini olish imkoni borligi ta’kidlanib zarur tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar inobatga olingan holda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilab olindi

Text to speech