26 Oktyabr 2024 yil 440

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida, Qiziriq tumanida sodir etilgan jinoyat muhokama qilindi.

Qiziriq tumani Shodlik mahallasi hududida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shodiev, sektorlar, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi faollari ishtirokida “Shodlik” mahallasida sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Allamurotov kun tartibiga qo‘yilgan muhim masala yuzasidan qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng, mahalla hududida sodir etilgan noxush holat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazildi.

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shodiev mahalla yettiligi faollari, keng jamoatchilik, qo‘ni-qo‘shnilar qolaversa, har bir fuqaro bu kabi salbiy holatlarni sodir bo‘lishining oldini olish choralarini krish kerakligi, mahallada bo‘layotgan noxush holatlarga barcha mas’uliyatni his etgan holda yondoshishi, mahalladoshlar o‘rtasidagi mehr-oqibatning yo‘qolishini oldini olish to‘g‘risida fikr bildirib, mahalla faollarining, tegishli idora vakillarining jinoyatni oldini olish borasidagi ishlariga tanqidiy baho berib o‘tdi.

Shu bilan birga yig‘ilishda ishtirok etgan jamoatchilik vakillari ushbu sodir etilgan jinoyatga o‘zlarining munosabatlarini bo‘ldirib o‘tishdi.

Muhokama yig‘ilishi yakunida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Qiziriq tumani hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga hamda mahalla yettiligi faollariga har bir xonadonni ayniqsa notinch oilalar, uzoq muddatga ketganlarni oila azolari bilan profilaktik ishlar olib borish yuzasidan topshiriqlar berilib, jinoyatchilikni barvaqt jilovlash yuzasidan muhim chora-tadbirlar belgilanib, aniq vazifalar yuklatildi.

Text to speech